AQŞlik boksçi Floyd Meyuezer aralaş jang uslubi jangçisi Konnor Makgregor bilan jang ötkaziş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Bu ma'lumotni ESNews telekanali efirida boksçining otasi Katta Floyd Meyuyezer tasdiqladi.

Britaniyaning The Sun naşri boksçi irlandiyalik yakkakuraşçi bilan jang ötkazişga şartnomani imzolaşga yaqin turganini ma'lum qildi. Kelişuv imzolansa, jang boks qoidalari böyiça ötkaziladi, şartnoma qiymati esa ham boks, ham aralaş yakkakuraşlar uçun rekord qiymatdagi böladi. Jang yozda Las-Vegasda ötkazilişi mumkin.

"Bir neça kun avval Floyd menga jang ötkazmoqçi ekanligini aytdi. U uning raqibi qandaydir MMA jangçisi bölişini aytdi. Makgregormidi-ey? Ha, biz u bilan jang ötkazişni istayapmiz. Fikrimça, jang boks qoidalariga köra ötkaziladi, bu haqda yaqin orada ma'lum böladi", deb aytdi Katta Meyuyezer.

Avvalroq Kiçik Meyuezer Makgregorni irqçilik va haddan taşqari ğaşga tegadigan xatti-harakatlarda ayblagandi.

2015 yil kuzda Meyuezer hamyurti Andre Berto ustidan ğalabaga erişgandan keyin faoliyatini yakunlaşini e'lon qilgandi. 39 yoşli boksçi ötkazgan 49 ta jangidan barçasida ğolib bölgan. U 5 ta vazn toifasida jahon çempioni bölgan. Boksçi 1996 yilgi Olipiada öyinlarining bronza medali sohibi hisoblanadi. Meyuezer barça zamonlarning eng katta haq oluvçi boksçisi bölib, janglari uçun oladigan gonorarlar, telenamoyişlar va çiptalar sotilişi böyiça rekordçi hisoblanadi. Meyuezer 2015 yilning iyunida "Forbs" jurnalining talqini böyiça, 300 mln dollarlik daromad bilan dunyoning 100 nafar eng katta haq oluvçi sportçilari röyxatining 1-poğonasini egallagandi. Boksçi birgina filippinlik boksçi Menni Pakyao bilan jangi uçun 220 mln dollar olgan.

Nevada ştati atletlik komissiyasi ma'lumotlariga köra, Makgregor sobiq çempion Neyt Dias bilan 1-uçraşuvi uçun namoyişlar, xomiylardan olinadigan tölovlar va bonuslar hisobga olinmaganda 1 mln dollar gonorar olgan. Irlandiyalik jangçi şu tariqa MMA tarixida eng katta gonorar olgan sportçi böldi. Avval bu rekord braziliyalik Anderson Silvaga (800 ming dollar) tegişli bölgan. Makgregor hisobida 19 ta ğalaba va 3 ta mağlubiyat bor.