Sudanda armiya va isyonçilar örtasidagi töqnaşuvlar oğir artilleriya, tanklar va havo hujumlari bilan keçişi oqibatida qurbonlar soni ortib bormoqda. Janglar çoğida 97 kişi halok böldi, yana 942 kişi yaralandi, deb xabar berdi 17 aprel, duşanba kuni mahalliy şifokorlar uyuşmasi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) ma’lumotlariga köra, qurbonlar soni kamida 83 kişini taşkil etgan, 1000 dan ortiq kişi jarohat olgan. Poytaxt Xartumning aholi ziç joylaşgan hududlarida qurbonlarning haqiqiy soni bundan ham köp, degan xavotirlar bor.

Sudan armiyasi va Tezkor harakat kuçlari (RSF) örtasida janglar davom etyapti. Janglar Xartumda va hukumat inşootlari, jumladan, prezident saroyi va qurolli kuçlar boş qarorgohida yuz beryapti. Töqnaşuvlar yana bir qator boşqa şaharlarda, jumladan Janubiy Darfur provinsiyasi markazi bölgan, aholi ziç joylaşgan Nyala şahrida ham sodir bölmoqda.

Sönggi kunlarda Sudanning amalda prezidenti bölgan Abdul Fattoh al-Burhon va uning örinbosari, RSF’ni boşqarayotgan Muhammad Hamdan Dagalo örtasidagi ziddiyat keskin avj oldi. Isyonçilar mamlakatning kamida uçta aeroportini, şuningdek, bir qator harbiy obektlar va prezident saroyini egallab olganini ma’lum qildi. Sudan armiyasi bu ma’lumotni rad etdi. Mamlakat harbiy-havo kuçlari RSF bazalariga havo hujumlarini davom ettirib, tinç aholini uyda qolişga çaqirdi. 

Bir neça ön yil davomida mamlakatni boşqargan Umar al-Başir 2019 yilda çuqur iqtisodiy inqirozga uçragan Sudandagi ommaviy norozilik namoyişlari fonida hokimiyatdan ağdarilgan edi. Muntazam armiya va RSF öşanda xalq qözğolonlarini birgalikda qöllab-quvvatladi. 

Al-Başir ağdarilganidan söng harbiylar va fuqarolik guruhlari ötiş davri hukumatini tuzişga kelişib oldilar, biroq 2021 yil oktyabr oyida Sudanda davlat töntarişi kuzatildi, natijada mamlakatdagi hokimiyat butunlay general al-Burhon qöliga ötdi. RSF rahbari Muhammad Hamdan Dagalo yaqinda Sudanni demokratiyaga olib borişga va’da bergan harakatga rahbarlik qila boşladi.