Ukrainada jang qilişdan boş tortgan rossiyalik harbiylardan biri, şuningdek, yana bir askarning otasi The Insider naşriga Lugansk oblastining Bryanka şahridagi «boş tortganlar» uçun maxsus markazda saqlaş şaroitlari, qiynoqlar va tahdidlar haqida gapirib berdi. Ularning hikoyasi 24 iyul, yakşanba kuni The Insider naşrida çop etildi.
Erkak The Insider naşriga ma’lum qilişiça, u ma’naviy tayyor emasligi sababli uruşda qatnaşişdan boş tortganligi haqida raport yozgan. U bilan birga yana ikki yuzga yaqin odam buni qilgan, deya aniqlik kiritdi u. Ulardan ba’zilari uylariga jönatilgan, biroq köplari qöyib yuborilmagan va avvaliga «lagerga» olib ketilgan, söngra panjarali kamerada saqlangan, keyin Bryankadagi «markaz»ga jönatilgan, dedi u.
U yerda harbiylarga disbat, quriliş bataloni va lager bilan tahdid qilingan. Qömondonlik harbiylar bilan nima qiliş kerakligini şaxsiy suhbatlardan söng, jumladan, psixolog bilan hal qiladi, dedi askar. «Ular menga: «Senda ikkita yöl bor - oldinga borişing mumkin yoki rad etişing mumkin, lekin seni tergov izolyatoriga taşlaşadi». Ular çuqurni şunday deb ataşadi. Men rad etişni rejalaştirmoqdaman. Balki bu yerdan çuqursiz, xotirjamlik bilan ketiş mumkin bölar. Bölinmaga qaytiş varianti ham bor», dedi harbiy xizmatçi.
Uning sözlariga köra, «boş tortganlar» uçun telefonlarga ruxsat berilmagan va ulardan faqat qöriqçilardan yaşirin foydalaniş mumkin. «Buni yaşirişimizga töğri kelyapti. Agar topib olişsa, sindirib taşlaşadi», dedi u jurnalistlarga.
Naşrning yana bir suhbatdoşi – jang qilişdan boş tortgan askarlardan birining otasi sözlariga köra, uç oylik xizmatdan söng şartnoma böyiça askarlarga ta’til va jangovar harakatlarda qatnaşişdan boş tortiş imkoniyati va’da qilingan. Şunga qaramay, ular xizmatni davom ettirişdan boş tortayotganini e’lon qilgaç, hibsga olinib, Bryankaga olib ketilgan hamda bir oydan ortiq vaqtdan beri hibsda saqlanmoqda. Askarning otasining aytişiça, uning ma’lumotiga köra, şartnoma böyiça askarlar dahşatli şaroitda saqlanyapti. «Qandaydir çuqurlar, qiynoqlar va şunga öxşaş narsalar. U yerdan kelgan odamlar şunday deyişyapti», - deya uning sözlarini keltiradi The Insider.
«Verstka» naşrining hisob-kitobiga köra, fevral oyidan beri kamida 1793 nafar harbiy xizmatçi Ukraina bilan uruşda qatnaşişdan boş tortgan. Ularning kamida 234 nafari Lugansk oblastining Bryanka şahri yaqinida majburan saqlanmoqda, dedi ularning yaqinlari «Verstka» naşriga.












