Mamlakatimizda Ikkinçi jahon uruşida halok bölgan minglab yurtdoşlarimiz xotirasini yod etiş, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, oğir kunlarni sabr-bardoş bilan yenggan, maşaqqatli daqiqalarda ham özligini yöqotmagan, imoni butun yurtdoşlarimizga hurmat-ehtirom körsatiş tom ma'noda milliy qadriyatga aylandi. 1999 yil 2 mart kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov uruş faxriylari, iştirokçilari va uruşda qurbon bölganlarning oilalaridan tuşayotgan köplab iltimosnomalarni, xalqimizning, jamoat taşkilotlarining bildirayotgan xohiş-irodasini inobatga olib, Ikkinçi jahon uruşida faşizmga qarşi kuraşib halok bölganlarning, mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligi uçun jon bergan Özbekistonning barça öğlonlari xotirasini abadiylaştiriş muhimligini nazarda tutgan holda, bugun ham saflarimizda turib Vatan obro‘-e'tiborini yuksaltirişga yoşlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalaşga hissa qöşayotgan barça kişilarning hurmatini joyiga qöyiş maqsadida “9 May Xotira va Qadrlaş kuni deb e'lon qiliş töğrisida farmon qabul qildi.
Farmonda “Xotira va Qadrlaş kunining umumxalq bayrami sifatida, keng nişonlanişini ta'minlaş barça davlat, nodavlat va jamoat taşkilotlarining, idora va korxonalarning, birinçi galdagi vazifasi, barça Özbekiston fuqarolarining or-nomus, vijdon işi va an'anaviy burçi deb belgilanişi, faşizm ustidan qozonilgan ğalabaga hissa qöşgan, Vatanimiz mustaqilligi uçun jonini, bor kuç-quvvatini ayamagan biror bir faxriy, biror bir kişi unutilmasligi kerakligi, ularning har biriga munosib hurmat-ehtirom körsatilişi şart”ligi belgilab qöyildi. Inson xotirasi muqaddas, qadr-qimmati aziz va mö'tabardir. Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan mamlakatimizda keng nişonlanayotgan Xotira va qadrlaş kuni mazmun-mohiyatida ana şunday insonparvar tamoyillar öz ifodasini topgan.

Şunisi e'tiborliki, Özbekistonda qabul qilingan tarixiy farmondan beş yil ötib, 2004 yil 24 noyabr kuni BMT Boş Assambleyasi rezolyutsiyasiya qabul qilib, unda Ikkinçi jahon uruşi qurbonlari xotirasi uçun 8 va 9 may kunlarini Xotira va Yaraş kuni sifatida e'lon qiliş belgilandi.
BMT Boş Assambleyasi 2004 yilning 24 noyabrida 8 yoki 9 mayni Xotira va Yaraş kuni sifatida nişonlaş borasida № A/RES/59/26 qabul qilgan rezolyutsiyada BMTga a'zo mamlakatlarning bu kunlardan birini öz xohişlariga köra nomlaşlari mumkinligi ham ta'kidlangan. Boş Assambleya sana qanday nomlanişidan qatiy nazar 8 may yoki 9 maydan birida ikkinçi jaxon uruşi qurbonlarining xotirasi yodga olinişi kerak degan xulosaga keldi. Bayramdan közlangan asosiy maqsad yoş avlod qalbida ğalabaga ulkan hissa qöşgan, insoniyatni qullik iskanjasidan qutqargan ota-bobolaridan faxrlaniş tuyğusini uyğotiş, ğalaba yölida qurbon bölganlarning xotirasini yodga olişdan iborat.











