Gruziya prezidenti Georgiy Margvelaşvilining ma'lum qilişiça, Gruziya "Yevropa oilasi"ga qöşiliş uçun qadamma-qadam yaqinlaşmoqda. Bu haqda mamlakat prezidentining rasmiy saytida xabar qilingan.

Prezident bu haqda Tbilisi şahridagi opera va balet teatrida ötkazilgan Yevropa Kuniga bağişlangan konsert vaqtida aytib ötgan.

"Gruziya 25 yil muqaddam mustaqillikka erişgandi. Biz yanada mustaqil böliş uçun qadam taşlab kelmoqdamiz. Bizning qadriyatlarimiz Yevropa hamjamiyati qadriyatlari bilan umumiydir", degan u.

Uning qayd etişiça, Gruziyaning siyosiy rahbariyati va jamiyat faollari "Yevropa oilasi"ga qöşiliş uçun muhim qarorlarni qabul qilişmoqda. Şuningdek, mamlakatda bu borada siyosiy jarayon rivojlanmoqda. U joriy yilda şu borada ötkaziladigan saylovda bu öz aksini topişi haqida gapirgan.

"Gruziya Yevropa ittifoqi a'zosiga aylanadi. Men bunga aminman!", degan Gruziya prezidenti.

Yevrokomissiya 2015 yilning dekabrida taqdim etgan hisobotida Gruziya YeI bilan viza tizimini liberallaştiriş böyiça barça talablarni bajargani haqida ma'lum qilgandi. 2016 yilning 9 martidan Gruziya fuqarolari uçun viza tizimini bekor qiliş qonuni kuçga kirdi. Gruziyaliklar şu yilning yozidan Yevropa Ittifoqi hududida vizasiz harakatlanişi mumkin.