Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Germaniyaning Axel Springer AG mediakonserni rahbari Matias Depfnerni sudga berdi. Bunga dunyodagi eng yirik mediakonsernlardan biri rahbari bölgan bu şaxsning Erdöğanni ZDF telekanali efirida haqoratli şe'ri bilan tanqid qilgan nemis satirigi Yan Bemermanni qöllab-quvvatlagani sabab böldi. Bu haqda Deutsche Welle xabar yozgan.

Qayd etilişiça, Depfner Erdöğan ustidan qilingan satiraga kulgan.

Depfner qiziqçiga yöllagan oçiq xatida uning şe'ri "muvaffaqiyatli" çiqqanini aytgan. "Ovozim boriça kuldim", — deya qayd etgan u.

Şundan keyin Turkiya tomoni mediakonsern rahbarining Bemermann bilan boğliq bayonot berişi böyiça taqiq örnatilişini talab qilgan.

Kyoln sudi da'voni rad etişi mumkinligini bildirdi. Turkiya rahbarining advokati Ralf Xekerning aytişiça, uning talabi qondirilmasa, Erdöğan oliy instansiya sudiga murojaat qiladi.

10 aprel kuni Turkiya hukumati Germaniya Taşqi işlar vazirligiga telejurnalist Yana Bemermannga nisbatan jinoiy iş oçilişini talab qilib murojaat bilan çiqqandi. Şundan keyin Germaniya Adliya vaziri Xayko Maas Bemermann ustidan sud bölişi, sudgaça uning şe'ri oddiy satira yoki tuhmat ekani böyiça tekşiruv ötkazilişini ma'lum qildi.

Eslatib ötamiz, 31 mart kuni Bemermann ZDF telekanalidagi Neo Magazin Royale körsatuvida hazilomuz şe'rini öqib bergan, unda Turkiya rahbarining kurdlarga, xristianlarga munosabati, şuningdek mamlakat içidagi muxolif gazetalarni yoptirişi aççiq sözlar bilan tilga olingandi.