Farovonlikka intiliş, özi yaşayotgan joyni gözal, fayzli va sarişta qiliş xalqimizning qon-qoniga singib ketgan ezgu fazilatlardan.  
Mamlakatimizning barça hududlarida bölgani kabi Vatanimizning boş şahri – Toşkentda ham xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, ma'naviy qaraşlari, zamonaviy jahon şaharsozlik va milliy me'morlik an'analarini özida mujassam etgan betimsol quriliş-obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda. Keng va ravon yöllar, sarişta köçalar, mahobatli binolar, sölim xiyobonlar, körkam maydon va boğlar poytaxtimizga özgaça çiroy baxş etmoqda. 
Gapimizning misoli tariqasida poytaxtimizning Yaşnaobod tumani Elbek köçasi 24/1 uy va Angren şakar zavodining ofisi oraliğida olib borilgan obodaonlaştiriş işini misol qilib keltirişimiz mumkin. Ilgarilari bu yer çiqindilar bilan töla bölib, ötgan kişining kayfiyati buzilardi. Yon-atrofdagi kişilarga ham salbiy ta'sir ötkazar edi. Eng yomoni ekologiyaga zarar yetkazar edi. 

Xalqimiz suygan san'atkor, söz ustasi Valijon Şamşiyev xayirli işga qöl urib, mana şu maydonni obodonlaştirişga bel boğladi. Natijada axlatxona örni tozalandi, tekislanib, u yerda yaxşi niyatla boğ barpo etiş işlari boşlanib ketdi.