Özbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov «Toşkent Davlat Texnika Universiteti faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonga imzo çekdi (pdf).
Hujjat sanoatning asosiy yönalişlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qiliş böyiça örta va uzoq muddatli strategik dasturlarni samarali amalga oşiriş uçun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş darajasini tubdan yuksaltiriş, jahonning muhandislik ta'limini rivojlantiriş tajribasidan kelib çiqib kadrlar tayyorlaşni taşkil etiş va sifatini yaxşilaş, şuningdek zamonaviy moddiy-texnik bazani yaratiş maqsadida qabul qilingan.
Şu munosabat bilan Özbekiston rahbari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toşkent Davlat Texnika Universiteti va Respublika Fanlar Akademiyasi ion-plazma va lazer texnologiyalari institutini, Texnika Universiteti negizida qayta taşkil etiş taklifini qabul qildi.
Farmonda qayd etilişiça, TDTU respublikaning muhandislik-texnik yönalişlarda kadrlar tayyorlaş böyiça asosiy oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.
Yangi taşkil etiladigan TDTUda injyenerlik tizimlari fakulteti va muhandislik-fizika fakulteti iş boşlaydi.
Hujjatda qayd etilişiça, TDTUning neft va gaz fakulteti talabalari I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft-gaz universitetining Toşkent şahridagi bölimida tahsilni davom ettirişadi.











