Bir kechalik tadbir narxi 60 ming Misr funtini tashkil qiladi (deyarli 7 ming dollar).
Bundan tashqari, mamlakat hukumati sayyohlik operatorlarining kechqurunlari muzeylarning ochiq bo‘lishi taklifini qabul qildi. Masalan, Qohira muzeyi payshanba va yakashanba kunlari soat 17:30dan 21:00gacha faoliyat ko‘rsatadi.
Muzeyga kechki payt tashrif buyurish xorijlik sayyoh uchun 120 Misr funtiga (13,5 dollar) tushadi. Bu kunduzgi vaqtga nisbatan qimmatroq, lekin kechki payt muzeyga sayohat uyushtirishni xohlovchilarga mashhur ko‘rgazma majmuasiga kirish imkoni beradi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar Misrning sayyohlik sohasini birmuncha jonlantirishi kutilmoqda.










