Har bir kosmetika işlab çiqaruvçi kompaniya ayollar yuz terisini ideal holatga keltira oladigan krem ixtiro qilişni orzu qiladi. Ba'zi yirik kosmetik korporatsiyalar qaysidir ma'noda buning uddasidan ham çiqadi. Lekin mavjud kremlarning heç biri Massaçusets texnologik universiteti olimlari erişgan natija bilan tenglaşa olmaydi. Ular yaratgan krem tabiiy teri ustidan ikkinçi teri qoplamasini hosil qila oladi.

Massaçusets texnologik instituti izlanuvçilari Garvard olimlari hamda Living Proof kompaniyasi xodimlari bilan hamkorlikda XPL (cross-linked polymer layer qisqartmasi) nomini olgan ajoyib vosita yaratişdi. 

Polimer qorişma inson terisiga ikki bosqiçda surtiladi. Natija har bir odamni qoyil qoldirişi aniq. Bir neça daqiqa avval ajinlar bilan qoplangan teri yoş va tarang holatga keladi.

Avvaliga teriga polisiloksan kremtarkibli birikma, keyin platina asosida yaratilgan katalizator surtiladi. Şundan söng krem taşqi terini takrorlovçi tarang plyonka holiga keladi. Taşqi jismoniy ta'sir ostida öçib ketmaydi, 24 soat davomida hatto suv bilan ham yuvib ketkaziş mumkin bölmaydi. Olimlar öz tadqiqotlarini Nature Materials jurnalida çop etişdi. 

Bu mö'jizaviy krem nafaqat ajinlar bilan kuraşda, balki teri orqali söriladigan dori vositalari bilan birgalikda ham qöllaş mumkin. Krem şuningdek, oçiq yaralarni himoya qila oladi va hatto, terining namlik saqlaşiga ham yordam beradi. 

Tabiiyki, kosmetik korporatsiyalar uşbu vositani qölga kiritiş uçun milliardlar sarflaşga tayyor böladi. Axir u millionlab ayollarni baxtli qila oladi. Terida hosil böladigan plyonka 250 foizgaça çöziliş xususiyatiga ega. Hatto öz terimiz ham 180 foizgagina çözila oladi.