Avvalroq Braziliya milliy kongressi quyi palatasida mamlakat prezidenti Dilma Russeff impiçmenti böyiça ovoz beriş bölib ötdi. Bunda prezident impiçmenti tarafdorlari zarur bölgan ovoz yiğişdi. Impiçmentga 513 kongressmendan 367 nafari ovoz berdi. Impiçment qabul qilinişi uçun 342 nafar ovoz kerak bölgandi.

Prezident unga qarşi impiçment jarayoni heç qanday asosga ega emasligini aytgan. Russeff, şuningdek, mamlakatda muddatdan avvalgi prezidentlik saylovlari bölib ötişi imkoniyatini istisno qildi. "Men endi muddatdan avvalgi saylovlar bölişi mumkinligini körib çiqmayapman", deb aytdi Russeff.  

Russeff öz lavozimi uçun kuraşişga va'da berdi. "Men kuraşni töxtatmayapman, u endigina boşlanmoqda", deb aytdi Russeff.