Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bayonot berişiça, uning mamlakati qurollaniş poygasiga qöşiliş örniga öz rejalariga aniq amal qiladi, deb xabar qiladi RIA «Novosti».
"Ijis" tizimining dengizda, aniqroği, Örta yer dengizida joylaştirilgani, Ruminiyada radiolokatsion stansiyasining joylanişi, bundan söngra Polşa pozitsion hududining barpo etilişi, bularning bari xalqaro xavfsizlik tizimini izdan çiqaruvçi va yangi qurollaniş poygasini keltirib çiqaruvçi omillardir. Biz esa avval ham aytganimizdek, bunday poygalarga qöşilmaymiz, biz bir neça yillar oldin işlab çiqilgan armiya va flotimizni qayta qurollantirişni moliyalaş rejasidan çetga çiqmagan holda aniq işlaymiz", — deb ta'kidlagan prezident.
Uning qayd etişiça, Rossiya öz xavfsizligiga nisbatan paydo böladigan tahdidlardan kelib çiqib, rejalariga tuzatişlar kiritib borişi mumkin.
Bundan avval, Vladimir Putin AQŞ raketalarga qarşi mudofaa tizimi majmuasining Ruminiyaga joylaştirilişi munosabati bilan afsusini bildirgan edi.
















