Mazkur monitor jahon sertifikatlaş taşkilotlarining yuqori ma'yorlariga javob bermoqda.
LG kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan yangi 27-dyuymli 4K Ultra HD USB-C monitori (model 27UD88) yuqori sifat me'yorlari, ranglarni aniq aks ettirişi, tasvir ölçami va mehnat samaradorligi funksiyasiga köra, jahonning obröli sinov markazlari tomonidan tan olindi. Intertek, TÜV, UL va VESA kabi taşkilotlar monitorga öz sertifikatlarini taqdim etib, LG 27UD88 modeli sifat va samaradorlik böyiça yuqori standartlarga javob berişini qayd etişdi.

Monitorning ranglarni aks ettirişi, rangni körsatiş tezligi, köriş burçagi va ölçami borasida ötkazgan sinovlaridan söng, Buyuk Britaniyaning Intertek taşkiloti LG 27UD88 monitorini «Sifat körsatkiçi» sertifikati bilan taqdirlab, uning barça körsatkiçlari IDMSning 1.03 tasnifidagi me'yoriga töğri kelişini ta'kidladi. Sinaş, tekşiriş va sertifikatlaş böyiça nemis taşkiloti TÜV Rheinland esa, monitorning tasvirni ajoyib körsatiş sifatini alohida qayd etgan. Bundan taşqari, LG 27UD88 monitori Amerikaning standartlaş, tekşiriş va sinaş taşkiloti UL. tomonidan ham örganilgan va quyidagiça xulosa qilingan: LGning 27UD88 monitori USB-C va Thunderbolt 3 portlariga ega barça noutbuklar va MacBook bilan uyğunlaşa oladi. Şu bilan birga u VESA sertifikatini olgan ilk USB-C monitori hisoblanadi.

«Bizning fikrimizça, joriy yilda Ultra HD monitorlariga bölgan talab ötgan yilgiga nisbatan 3 marta oşadi», - deydi LG kompaniyasining monitorlar va ŞK (şaxsiy kompyuterlar) biznes bölimi rahbari Jang Ik-Xvan (Jang Ik-hwan). – «Bizlar işlab çiqarayotgan har bir monitorda LGning ilğor texnologiyalari qöllanilişi sabab, 4K monitori iste'mol elektrotexnika mahsulotlarini sinovdan ötkaziş va sertifikatlaş böyiça yirik xalqaro taşkilotlari tomonidan tan olinişi ajablanarli emas».

Reklama huquqi asosida.












