Moskvaning Presnensk sudi özi işlagan uydagi oilaning 4 yoşli qizçasini öldirganlikda ayblanayotgan enaga Gulçehra Boboqulovaning hibsda uşlab turilişini yana 2 oyga uzaytirdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Sud tergovning arzini ma'qullab, ayblanuvçining hibsda uşlab turilişini 29 iyulgaça uzaytirdi.
Avvalgi marta hibs muddati aprelda uzaytirilgandi.
29 fevralda Moskvada 4 yoşli qizçaning qotilligi sodir etilgan. Bu jinoyat böyiça 39 yoşli özbekistonlik Boboqulova asosiy gumonlanuvçi hisoblanmoqda. Unga "Kiçik yoşli bolaning qotilligi" moddasi böyiça ayblov e'lon qilingan. Agar enaga aqli raso deb topilsa, bu moddaga köra u 25 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.











