Oq uy vakili Jon Fridmanning ma'lum qilişiça, AQŞ prezidenti Barak Obama juma kuni afsonaviy boksçi Muhammad Alining dafn marosimida iştirok etiş uçun Luisvillga bormaydi.
«Prezident bu vaqtda rafiqasi bilan birga Vaşingtonda qizi Maliyaning bitiruv oqşomida böladi», — degan u.
Uning aytişiça, Obamaning eng yaqin yordamçilaridan biri dafn marosimi vaqtida prezident va birinçi xonim nomidan yöllangan xatni öqib beradi.
Eslatib ötamiz, 74 yoşli Muhammad Ali 3 iyun kuni Amerikaning Finiks şahridagi kasalxonalardan birida vafot etdi.
Şifoxonaga boksçi nafas oliş bilan boğliq muammolar tufayli yetkazilgan edi.
Marosmida Uill Smit va Lennoks Lyuis Muhammad Alining tobutini kötarib boradi. Marhum bilan vidolaşuv marosimida uning tobutini, boksçining yaqinlari va qarindoşlaridan iborat 8 kişi kötarib boradi. Uning tobuti 5 iyun kuni ona şahri Luisvill (Kentukki ştati)ga keltirilgan edi. 10 iyun kuni dafn marosimi bölib ötadi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan va Iordaniya qiroli Abdulloh II ibn Husayn uşbu dafn marosimiga boradi.
Bundan oldinroq Nyu-York köçalaridan biriga vaqtinçalik Muhammad Ali nomi berilgani töğrisida xabar qilingandi.







