Microsoft kompaniyasi LinkedIn ijtimoiy tarmoğini 26,2 mlrd dollarga sotib oliş böyiça bitim tuzdi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal naşri.

Bayonotda ijtimoiy tarmoq "öz brendi, madaniyati va mustaqilligini saqlab qolişi" aytilgan. LinkedIn rahbari Jyeff Veyner ham işlaşni davom ettiradi va faqatgina Microsoft rahbari Satya Nadella oldida öz loyihasi uçun javob beradi.  

Ta'kidlanişiça, bitim 2016 yil davomida tuziladi.  

Biroq AQŞdagi savdolar vaqtida Microsoft ijtimoiy tarmoqni sotib olişi haqidagi xabardan keyin aksiyasi narxi 3 foizga, ya'ni 49,92 dollarga tuşib ketdi. 

LinkedIn aksiyasi esa aksinça 47 foizga ösib, 193,01 dollarni taşkil qildi.