Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan (YeI) çiqiş tarafdorlari 16,1 million ovozdan iborat tösiqni yengib ötib, 17,1 millionlik ovoz bilan referendumda ğalaba qozonişdi.

Oradagi tafovut kiçik böldi. Rasmiy ma'lumotlarga köra, mamlakatning YeIdan çiqişi uçun britaniyaliklarning 51,9 foizi ovoz bergan. 

"YeIdan çiqiş uçun 17 million 410 ming 742 nafar saylovçi ovoz bergan. Unda qoliş uçun esa - 16 million 141 ming 241ta ovoz töplangan", - deya ma'lum qildi Saylov komissiyasi vakili Mançesterda hamda saylovdagi iştirokning 72,2 foizni taşkil qilganini ta'kidladi. 

Referendum qonuniy ravişda majburiy emas, ya'ni hukumat mamlakat taqdirini mustaqil hal qilişi mumkin. 

Ekspertlar referendumda Devid Kemeronning özi taşabbus körsatgani uçun u britaniyaliklarning fikrini e'tiborsiz qoldirişi dargumonligini aytişmoqda.

Boş vazir har qanday holatda ham öz örnida qolişini ta'kidlaşiga qaramay, bir qator siyosatşunoslar uning iste'foga çiqişini taxmin qilişmoqda.

Saylov natijalari - Buyuk Britaniyaning YeIdan çiqiş yölining boşlanişi bölib, undagi jarayonlar Lissabon kelişuvi tomonidan boşqariladi. 

Yaqin ikki yil içida London YeIdagi mamlakatlarning har biri bilan "alohida hamkorlik qiliş şartlari haqida" kelişib olişi kerak. 

Ekspertlarning fikriça, uziliş maksimal darajada murakkab va uzoq davom etişi uçun Yevropa hamma narsaga tayyor. 

Mamlakat bir neça yildan keyingina YeIni butkul tark etişi mumkin. Buni Yevroittifoqdan çiqiş kampaniyasining yetakçisi Mettyu Elliot ham tan oldi.

Uning fikriça, Kemeron boşqa mamlakatlar hukumatlari bilan norasmiy muzokaralarni boşlaşi kerak va faqat şundan keyingina Lissabon kelişuvini tatbiq etiş masalasini kötarişi lozim. 

Saylov natijalari töğrisidagi ma'lumotlar Britaniya funtining kursini tuşirib yubordi - u 1,35 dollardan pasayib ketdi. Milliy valyuta 1985 yildan beri bunday ahvolga tuşmagan edi. 

Ekspertlar Brexit (Britain+exit) - Britaniya hukumat rahbarining eng yirik tanazzuli, deb ta'kidlaşmoqda. 

Referendumda Uels va Angliya aholisining asosiy qismi Brexit uçun ovoz berdi, qirollik tarkibidagi yana 2 mamlakat, Şotlandiya va Şimoliy Irlandiyada esa mamlakatning YeIda qolişi tarafdorlari katta ustunlikka ega bölişdi.