Poytaxtimizda birovning uyida yaşayotgan (ism-familiyalar özgartirilgan) Munisa Töxtayevaning çaqaloq sotiş fikri tezda köçaga tarqaldi. Darrov bola oluvçi ham topildi. Avvaliga ikkilanib turgan Munisa köp ötmay rozilik bildirdi. Çaqaloq savdosini esa bir emas, tört nafar kimsa hal qildi. Boisi, uşbu kimsalarning barçasi norasida ortidan keladigan pulga köz tikişgandi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.
Lobar Husanova çorasiz qolgan ayolga uyidan joy bergani uçun pul talab qilgan bölsa, Naima Yunusova, Jamşid Murodov hamda Umar Tursunovlar bolaga xaridor topib, örtada vositaçilik qilganliklari uçun mömay daromadni maqsad qilişdi.
Ötgan yilning aprel oylarida bolani fuqaro Marina Sadirova sotib oladigan böldi. “Öroqda yöq, maşoqda yöq, xirmonda hozir”, törtovlon qizaloqni 5 ming AQŞ dollariga baholaşdi. M.Sadirova bu narxga köndi, lekin uşbu kimsalarning noqonuniy işlari haqida huquqni muhofaza qiluvçi organlarga xabar berdi.
Kelişilgan joyda 5 ming AQŞ dollarini olgan vositaçilar çaqaloqni “egasi”ga topşirişdi. Bu “savdo”ni juda tez va silliqqina bitirdik, deb öylab xursand bölgan olğirlar çuçvarani xom sanagan edi...
Bir norasida gödakni sotib, mömay daromad xayoli bilan köçaga şoşayotgan mazkur kimsalar huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan qölga olinib, aybdorlarga nisbatan odil sud tomonidan tegişli jazo tayinlandi.











