2015 yilning kuz oyida Dell EMC kompaniyasini 67 milliard dollarga sotib oldi. Bu esa texnologiya sohasidagi eng katta qo‘shilish va sanoat tarixidagi ikkinchi eng katta kelishuv bo‘ldi.

Iyun oyida Microsoft kompaniyasi LinkedIn uchun 26 milliard dollar sarfladi – bu esa Redmond korporsiyasi tarixidagi eng qimmat xarid hisoblanadi. 

Sarmoyador Mark Andressen va Salesforce rahbari Mark Benioff bunday xaridlar endi boshlanmoqda deb hisoblashadi. 

Quyida avvalgi katta kompaniyalarning qo‘shilishi natijalarini ko‘rib chiqamiz. 

11. Oracle – BEA. 2008 yilning yanvar oyida BEA kompaniyasining 8,5 milliard dollarlik xarididan so‘ng, Oracle korporatsiyasi WebLogic nomidagi dasturiy ta'minotni qo‘lga kiritdi. Bu dastur hozirgi kungacha Fusion Middleware dasturchilari tomonidan foydalaniladi.

10. Compaq—DEC. 1998 yilda Compaq Digital Equipment Corp.ni 9,6 milliard dollarga sotib oldi. 1960 yildan beri kompaniya serverlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanar edi. Ammo DEC shaxsiy kompyuterlarning yangi bozoriga vaqtida moslasha olmadi. 

9. Symantec—Veritas. 2005 yilda antivirus giganti Symantec ma'lumotlarni saqlash bilan shug‘ullanuvchi Veritas kompaniyasini 13,5 milliard dollarga sotib olishga harakat qilgan edi. 
Sarmoyadorlarga taklif qilinayotgan kelishuv yoqmadi va uning narxi 10,5 milliard dollarni tashkil etdi. O‘nlab yillar davom etgan afsuslardan so‘ng 2015 yilning yoz oyida  Symantec Veritas’ni 8 milliard dollarga sotib yuborgan.

8. Oracle—PeopleSoft. Oracle xodimlarni boshqarish uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi PeopleSoft kompaniyasini sotib olishga 2 marta uringan, ammo ularning taklifi rad etilgan. Keyinchalik esa AQShning Adliya vazirligi antimonopol talablari bilan bu kelishuvga aralishib, uni yakunlashga yordam bergan.

7. HP—EDS. Electronic Data Systems kompaniyasiga 1962 yilda asos solingan bo‘lib, IT-autsorsing bo‘yicha korportiv mijozlar uchun xizmatlarni amalga oshirib kelgan. HP esa 2008 yilning iyul oyida EDS’ni 13,9 milliard dollarga sotib olgan. Ammo kelishuv amalga oshirilgandan so‘ng, muntazam ravishda xodimlarni ishdan bo‘shatilishlar boshlangan. 2016 yilning may oyida esa HP Enterprise EDS’ni o‘zining raqobatchisi Computer Sciences Corp.ga sotib yuborish xohishini bildirgan.