Buyuk Britaniyaning referendum natijalariga köra, Yevropa Ittifoqidan çiqiş (Brexit) qarori sabab Yevropaning asosiy valyutalari bosim  ostida qolişida davom etmoqda. Buni savdo ma'lumotlari tasdiqlab turibdi.

Toşkent vaqti bilan 09:29 da funt sterling kursi dollarga nisbatan ötgan savdolarda qayd etilgan 1,3676 dollar körsatkiçdan 1,3391 AQŞ dollarigaça pasaygan. Yevroning dollarga nisbatan kursi esa, 1,1116 dollardan 1,1020 dollargaça pasaygan. Dollarning iyenga nisbatan kursi avvalgi 102,19 iyendan 101,65 iyengaça pasaygan. Dollar indeksi (dollar kursining AQŞ bilan savdo hamkorlari bölgan olti davlat korzinkasiga nisbati) 0,23 foizga oşib, 96,13 punktga yetgan.

Tahlilçilarning ma'lum qilişiça, ayni damda bozor Yevroittifoqning boşqa mamlakatlarini yaqindan kuzatib bormoqda. Çunki Brexit domino holatini, ya'ni YeIdagi boşqa davlatlarni blokdan çiqib ketişiga sababçi bölişi mumkin.

"Funtga keladigan bölsak, u yangi minimumni qayd etişi mumkin. Angliya banki Brexit tufayli iqtisodni uşlab turiş maqsadida foiz stavkalarini pasaytirişi mumkin", — dedi IG Securities’ning bozor tahlilçisi Yunisi Isikava.