Ikkinçi jahon uruşi oldidan çop etilgan Keep Calm and Carry On (Jimlik saqlang va xuddi şunday davom eting) original plakati Buyuk Britaniyada 21,2 ming funt sterlingga (28 ming dollar) sotiladi. Poster Londonda har yili ötkaziladigan san'at va antkvariat körgazmasida sotuvga qöyiladi. Bu haqida The Guardian naşri xabar qildi.
Bugungi kunga kelib, dunyoda Keep Calm'ning 20tadan köp bölmagan nusxasi saqlanib qolgan bölib, ular 2000 yilda Barter Books foydalanilgan kitoblar dökonidan tösatdan topib olingan. Deyarli barça adad - taxminan 2,5 million nusxa - uruş yillarida qayta işlaşga jönatilgan. Mazkur taşviqot plakatlari heç qaçon közlangan maqsad yölida işlatilmagan.
Keep Calm posterlari 1939 yilning yozida çop etilgan: Buyuk Britaniya hukumati Yevropada taranglik oşib borayotgan bir vaziyatda xalqni tinçlantirişga harakat qilgan. Plakatlardagi yozuvni qirol toji bezab turibdi - uşbu murojaat Georg VI'dan Britaniya fuqarolariga qaratilgan.
2000 yillar boşida uşbu posterlar topilganidan keyin Keep Calm and Carry On jumlasi butun dunyo böylab turli variantlarda keng ommaga tarqaldi.











