Litvaning Ramigala şahrida eçkilar örtasida gözallik tanlovi ötkazildi. Bu haqida Reuters xabar qildi. 

Tanlovda 16 oylik Demit nomli eçki ğalaba qozondi. Ğolib şarafiga uyuştirilgan tantana namoyişiga taxminan 500 kişi taşrif buyurdi. 

Eng çiroyli eçki egasi - 74 yoşli  Ferdinandas Petkeviçus. U olti yillik urinişdan keyin uşbu tanlovda ğolib böldi. 

Qizil yölakçadan gullar bilan bezatilgan olti iştirokçi ötişdi. Bir neça iştirokçi yölakçadan ötişga qarşilik qildi, şu bois ularni egalari olib ötişdi. Ğolibni hakamlar hay'ati tanladi.

Ğoliblarga turli yeguliklar, kitoblar va sartaroşxonaga kuponlar tarqatildi.