Respublikamiz hududidan noyob va madaniy boyliklarning olib ötilişi tartibi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 23 martdagi “Özbekiston Respublikasidan madaniy boyliklarni olib çiqiş va olib kirişni tartibga soliş töğrisida”gi 131-sonli qarori bilan tasdiqlangan bölib, unga muvofiq xorijiy fuqarolar va boşqa şaxslar tomonidan Özbekiston Respublikasiga vaqtinça olib kiriladigan madaniy boyliklar tegişli bojxona hujjatlarida (xususan yölovçi bojxona deklaratsiyasida) körsatilişi kerak.
Tojikistondan Özbekiston respublikasi kirib kelar ekan xorijiy fuqarolardan birining mazkur tartiblarga rioya qilmasligi qimmatga tuşdi.
“Sariosiyo” çegara bojxona kompleksi orqali avtotransport vositasida kirib kelgan uşbu şaxs yölovçi bojxona deklaratsiyasini töldirar ekan, yonidagi barça buyumlarni deklaratsiyada qayd etgani ma'lum qiladi. Şuningdek, bojxonaçilarning oğzaki sörovi paytida ham yonida ortiqça buyumlari yöqligini qayta-qayta ta'kidlaydi.
Şundan söng unga tegişli avtotransport vositasi örnatilgan tartibda va xolislar iştirokida közdan keçirilganda, maşina saloniga 20 dona qadimiy tangalar yaşirilganligi ma'lum böldi.
Yaşirin tarzda olib ötişga uriniş çoğida foş qilingan uşbu tangalar Suxondaryo viloyati badiiy ekspertiza mutaxassislarining xulosasiga köra milloddan avalgi IV-III, milodiy I-III hamda XIII-XIV asrlarga oid bölib, ularning hozirgi qiymati 12,2 mln. sömga baholangan.
Davlat egaligiga ötkazilgan mazkur tangalar Surxondaryo viloyati arxeologiya muzeyi fondidan joy oldi.











