Şimoliy Amerika davlatlari AQŞ, Kanada va Meksika prezidentlarining Ottavada bölib ötajak anjumanida Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan çiqişi (Brexit) muhokama mavzularidan biri böladi. Bu haqda, Amerika prezidentining katta yordamçisi Brayan Diz ma'lum qilgan.

Ottava sammitida AQŞ prezidenti Barak Obama, Kanada boş vaziri Jastin Tryudo va Meksika prezidenti Enrike Penya Neto qatnaşadi.

Anjumanda şuningdek, iqtisodiyotni Şimoliy Amerika doirasida hamda transtinç okeani hamkorligi şaklida rivojlantiriş masalasi, "toza" energetika rivoji, terrorizm, xavfli kasalliklarga qarşi kuraş va muhojirlar muammolari atrofida fikr almaşiladi.