Amerika hukumati Honduras politsiyasining 6 nafar xodimini, yirik miqdordagi narkotik moddalarni AQŞga olib kirişda kömak berganlikda gumon qilib, sirtdan aybladi. Bu haqda, Nyu-York ştati janubiy okrugi prokuraturasi saytida rasman xabar qilingan.

Şu mazmundagi murojaat, Nyu-Yorkning Manhetten tumani federal okrug sudiga topşirilgan. Honduras fuqarolari "AQŞga kokain olib kirişga til biriktiriş" va "öqotar qurol bilan boğliq jinoyat"ni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Janubiy okrug prokurori Prit Bxararaning aytişiça, politsiyaçilar 2004 yildan 2014 yilgaça mazkur jinoyatlarni sodir etgan. Narkotik moddalar esa,  Honduras orqali Venesuela va Kolumbiyadan yetkazilgan. Şundan söng, moddalar Gvatemala çegarasiga olib kelingan va AQŞga ötkazilgan. Hozirda politsiya xodimlari qidiruvga berilgan.