Tarkibida Mercedes-Benz kompaniyasi ham bölgan Germaniyaning Daimler konserni, Buyuk Britaniyada şinalarni suv yordamida sovutiş yoki isitiş tizimini patentlaştirdi, deb xabar qilmoqda AutoGuide naşri.
Bu maqsadda foydalaniladigan suv maxsus idişda saqlanadi. Sensorlar rezina haroratini nazorat qilib, zarur bölganda 3ta maxsus purkagiç vositasida suyuqlikni şina yuzasiga purkaydi. Bu maşinaning tez yurişi va jazirama havoda şinalarni isib ketişdan saqlaydi.
Bundan taşqari, tizim sovuq havo mavsumida şinalarga issiq suv purkaş bilan muzlaş va şina içidagi havo bosimining tuşib ketişiga imkon bermaydi.
Suyuqlik idişi yomğir va qor yoğişi vaqtida old yoki orqa oynalardan tuşadigan suv bilan avtomatik tölişi ham mumkin.











