Terrorçi taşkilotlar jangarilari kimyoviy qurolga "qöl çözişga ulgurişdi". Bu haqida Rossiya prezidenti Vladimir Putin elçilar va mamlakatning doimiy vakillari bilan ötkazgan uçraşuvida ma'lum qildi.
"Terrorçilar hozirça zamonaviy harbiy texnikaning barça turlariga ega emas, ammo ular kimyoviy qurolga "qöl çözib ulgurişdi", ularning harakatlari bir mintaqadan taşqariga çiqib böldi. Qayerdan yangi yirik zarbalar berilişini oldindan aytiş qiyin", - dedi u.
Rossiya davlat rahbari bunday jarayonlarga Suriyani misol qilib körsatdi.











