Rahmatli Nuriddin Haydarovning “Döstim meni aldadi” degan qöşiği bölardi. Moliyaviy piramida taşkilotçilariga baho berganda mana şu satrlarni bemalol aytiş mumkin. Moliyaviy piramida aynan yaqin qarindoşlarning, taniş bilişlarning taşviqoti bilan sodda kişilar iştirokida taşkil etiladi. Moliyaviy piramidaga odamlarning tezroq boyiş va oson daromad olişga bölgan intilişi sabab böladi. Moliyaviy piramidalarda avvaliga mömaygina mablağ tikişingiz zarurligi aytiladi, katta foizlar va'da qilinadi, bergan pulingiz tezda qaytişiga işontiriladi, daromad köriş uçun sizdan tanişlaringizni jalb qilişingiz söraladi, ular ham öz mablağlarini tikişi lozim böladi. Moliyaviy piramida pul mablağlarini doimiy ravişda jalb qilib turgan holda tuzilma iştirokçilarini daromod bilan ta'minlab turiş demakdir. Uning boşqaça nomi sarmoyaviy piramida deb yuritiladi. Bunda birinçi iştirokçining daromadi ikkinçi va boşqa iştirokçilarning pul mablağlari hisobidan ta'minlanadi. Bu daromadlarning manbai köp hollarda körsatilmaydi. Yoki soxta nomlar bilan deklaratsiya qilinadi. Bu kabi holat firibgarlikdan boşqa narsa emas. Qoidaga köra moliyaviy piramida taşkilotçilari mijozlarga olam-olam va'dalar berişadi. Biroq iştirokçilarning hammasiga va'da qilingan pullarning qaytarilişining imkoniyati yöq. Odatga köra, moliyaviy piramidalar tijorat muassasi sifatida röyxatdan ötadi va qandaydir loyihani moliyalaştiriş bahonasida mablağ töplay boşlaydi. Agar loyihaning haqiqiy daromadi mijozlarga berilgan va'dalardan kam bölsa, yoki umuman daromad körilmaydigan bölsa, u holda sönggi mijozlarning mablağlari birinçi mijozlarga beriladi. Ya'ni, Alining döppisi Valiga kiydiriladi. Buning oxir oqibati loyihaning kasodga uçraşi bilan yakunlanadi. Oddiy söz bilan aytganda eng sönggi a'zo bölgan mijozlar qöllarini burunlariga tiqqaniça qoladi, ya'ni bir qöşiqdagi “bilmam adaşdim yo töğri qildim” degan satrlarni xirgoyi qilib yuborganlarini özlari bilmay qolişadi. Ular moliyaviy piramidaga kiritgan sarmoyalaridan mahrum böladi. Çunki töplangan mablağlar likvid aktivlarini sotib olişga emas, balki avvalgi sarmoyadorlarga pullarni qaytarişga sarflanadi. Moliyaviy piramida faoliyat qança uzoq davom etsa, mijozlarga pullarni qaytariş imkoniyatlari ham kamayib boraveradi.
Moliyaviy piramidalar bir qator mamlakatlarda qonunga zid deya e'lon qilingan. Masalan, AQŞ, Avstraliya, Avstriya, Albaniya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Dominikan Respublikasi, Eron, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Qozoğiston, Kanada, Xitoy, Kolumbiya, Malayziya, Meksika, Nepal, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Polşa, Portugaliya, Rossiya, Ruminiya, Tailand, Tayvan, Turkiya, Ukraina, Filippin, Fransiya, Şveytsariya, Şvetsiya, Şri-Lanka, Estoniya, Janubiy Afrika Respublikasi, Yaponiyada moliyaviy piramidalar faoliyati taqiqlangan. Birlaşgan Arab Amirliklari va Xitoyda moliyaviy piramidalar taşkil etib, faolyatini yuritganlar ölim jazosiga hukm qilinadi.

.jpg&w=1200&q=75)










