Amerikalik rejissyor Maykl Çimino 78 yoşida olamdan ötdi, deb yozmoqda La Repubblica.
Çimino faoliyati boşida telereklama bilan şuğullangan va ssenariylar yozgan. 1974 yilda mustaqil ravişda özining ilk filmi – “Baqiroq va Tezoyoq”ni suratga olgandi. Unda boş rolni Klin Itsvud ijro etgan. Marhumning ikkinçi kartinasi “Kiyiklar ovçisi” filmi Vetnam uruşi voqealarini hikoya qiladi. Bu filmda boş rolni Robert de Niro gavdalantirgan. Bu film beşta “Oskar”ga loyiq körilgan.
Keyinroq rejissyor “Çöqintirgan ota” asari muallifi Mario Pyuzoning “Sitsiliyalik ayol” kitobi asosida şu nomli filmni suratga oladi. Uning köpgina kartinalari Kann festivalida ham taqdim etilgan.











