Amerika Qöşma Ştatlari 4 iyul kuni özining asosiy umummilliy bayrami - Mustaqillik bayramini nişonlamoqda. Bu yil Amerika Britaniya hukmronligidan ozod bölganiga 240 yil töldi.
AQŞ poytaxti markazida an'anaga köra, tarix va vatanparvarlik ruhidagi bir qator tadbirlar amalga oşiriladi. Kunning yarmida Vaşingtonning markaziy avenyusida har yili ötkaziladigan ikki soatlik parad namoyişi bölib ötadi. Köplab orkestrlar, harbiy bölinmalar, çavandozlar va boşqa iştirokçilar Konstitutsiya-avenyusidan tantanali ravişda ötadi.
Kun botişi bilan Kapitoliyning Ğarbiy maydonida Milliy park xizmati va Milliy simfoniya orkestri iştirokida yarim soatlik bayram konserti boşlanadi. Kontsert AQŞning jamoat televideniyesi bölgan PBS kanalida töğridan-töğri efirga uzatiladi. Uşbu konsert doimo Pyotr Iliç Çaykovskiyning "1812 yil" asari ijrosi bilan yakunlanadi.
Şuningdek bu kun Vaşington osmonida rang-barang muşaklar otilişi odat tusiga kirgan. Bu 17 yarim daqiqa davom etadi. Biroq ob-havo ma'lumotiga köra, 4 iyul kuni Vaşingtonda yomğir yoğişi kutilmoqda. Şunday bölgan taqdirda, muşaklar otilişi 5 iyulga köçiriladi.
Foto:© AP Photo/Michael Dwer











