Pop-musiqasi yulduzi Maykl Jyeksonning sobiq xotini kökrak saratoniga duçor böldi. Bu haqida TMZ xabar qildi. 

Naşrning ma'lumotiga köra, Debbi Rouga bunday taşxis yaqindagina qöyilgan. U keyingi haftada jarrohlik operatsiyasini boşdan keçirişi kutilmoqda. 

Rouning qizi 18 yoşli Peris Jyekson onasining oğir kasalligi töğrisida heç qanday ma'lumotga ega emas, zero u bir yil avval onasi bilan aloqasini uzgan. 

Manbaga köra, musiqa qirolining ölimidan söng Rou qizi bilan juda yaqin munosabatlarda bölgan, bu esa oilaning boşqa vakillariga yoqmagan. Rouning taxmin qilişiça, Jyeksonga uning qarindoş-uruğlari ta'sir ötkazişgan. 

"Debbi juda ayançli ahvolda, lekin qizi tomonidan qandaydir ruhiy daldaga umid ham qilmayapti", - deb yozadi naşr. 

Maykl Jyekson va Debbi Rou 1996 yilda turmuş qurişgan. Rou musiqa yulduzidan bir öğil va bir qiz körgan. 1999 yilda esa juftlik ajraşgan, bolalarga vorislik qiliş huquqi otaga berilgan. Jyekson 2009 yilning 25 iyunida hayotdan köz yumgan.