Buyuk Britaniya YeIni tark etgaç, turli mamlakatlar markaziy banklari pul siyosatini yumşatişiga oid taxminlar, 5 iyul kungi birja savdolarida oltin narxi qimmatlaşuviga olib keldi. Savdolar natijalari şunday deyişga asos bölmoqda.
Xususan, Nyu Yorkning Comex birjasida avgust oyi fyuçer savdosida bir troya untsiyasi vaznidagi oltin 6,50 dollarga yoki 0,49 foizga qimmatlaşib, 1345,7 dollarga yetgan. Sentyabr oyi uçun kumuş fyuçersi esa, 2,21 foizga kötarilib, 20,02 dollarni taşkil etgan.
Britaniyaning YeI tarkibidan çiqişi munosabati bilan jahon markaziy banklari pul siyosatini yumşatiş imkoniyatini körib çiqmoqdalar. Jumladan, 30 iyun kuni Angliya banki rahbari Mark Karni, moliya muassasasi pul-kredit siyosatini özgartirişi mumkinligini ma'lum qilgan edi.
Pul siyosatida, foiz stavkalarining pasaytirilişi öz navbatida oltin va kumuş narxining ösişiga olib kelmoqda.
Foto:© RIA











