– “Ur uni!”,  – “Yiqit!”,  – “Oç biqiniga sol!”. ÖzMU qoşidagi akademik litsey hovlisida kötarilgan şovqin-suron öquv xonalarigaça eşitildi. Dars bölayotganiga qaramasdan, yigitlar özini  hovliga otdi. “Hay” deyişga ulgurmagan öqituvçi “Mayli, muştlaşganlarni ajratişadi”, deb qöydi. Biroq ur-yiqitning ovozi tinavermagaç, hovliga yugurdi. Ne köz bilan körsinki, ikki yigit yoqalaşib, bir-birini ayamay uryapti. Ularning atrofini örab olgan “örtoqlari” esa tomoşani maza qilib kuzatayotgan yo qölidagi telefon orqali “tarixiy” kadrlarni tasvirga tuşirayotgan edi. 

Bu  voqeaning öquvçiga yangilik tarafi yöq. Zotan, dahanaki janjalni suratga oliş ayrim yoşlar orasida urfga aylangan. Odatda bunday videoroliklar internetda tez tarqalib ketadi. Yaqindan boşlab, avtohalokat yoki boşqa fojyealarning ham videolavhalari internetda paydo böla boşladi. Ularning birida jizzaxlik vatandoşimiz maşina salonida qonga belanib yotadi, “operator” esa suratga olişda davom etmoqda... Qiziq, haloqat guvohi bölgan kişining xayoliga birinçi bölib keladigan fikr – voqeani suratga olişmi? Yordam qölini çöziş-çi? Kimningdir fojyeasiga bu qadar sovuqqon qaraş mumkinmi? Umuman olganda, befarqlikning çegarasi bormi?    

Ğarbda kişining kişiga befarqligiga xotirjam qaraladi. Şarqona mentalitet esa buni xazm qilolmaydi. Quloğida “nauşnik”, közi telefon ekraniga qadalgan holda odamlar orasida  avtonom yaşaş –  Şarqona turmuş tarzi va falsafasiga ziddir. Katta avlod vakillari köpinça yoşlarning jamiyatga begonalaşib ketgani, oddiygina hamdardlik hisini unutib qöygani haqida açinib  gapirişadi. Xöş, aslida ham şundaymi? Bugunning yoşlari loqaydlaşib ketgan bölsa, keçaning odamlari qanday edi? 

–    Xalqimiz  azaldan jamoaviylikning tarafdori bölgan,  – deydi 75 yoşli toşkentlik Raximjon ota Sotvoldiyev, –  Aytaylik, uy-joyini ta'mirlamoqçi böladimi, töy-haşamga tayyorgarlik köradimi – bu işlarni qöni-qöşni, mahalla-köy bir yoqadan boş çiqarib qilgan. Keyinçalik bu odat haşar degan xalqona nomni olgan.  Odamlar döst-yori haşarga aytib kelganida, buni ortiqça taşviş emas, jamoa oldidagi burçi deb bilgan. Bugun esa faqat öz manfaatini qözlab yaşaydigan odamlar qöpayib ketganday. Vaholanki, xalqimiz orasida birovning köngliini oliş, kimningdir muşkulini oson qiliş qadriyat sanalgan. 

Xöş, qadriyatlar özgardimi? Odamlar-çi? Bugun köpçilik özining şaxsiy sifatlari qatorida “birovning işiga aralaşmaslik”ni ham keltiradi. Şuningdek, jamoatçilikning fikriga qiziqmaslik ham urf bölgan “fazilatlar”dan biridir. Biror voqeaga nisbatan beparvoligini  esa “neytral munosabat”da ekanligi bilan izohlaşadi. Aslida neytral böliş va befarq böliş umuman boşqa-boşqa tuşunçalardir. Neytralitet  bu biror mojaroda heç qaysi tarafning yonini olmaslik demakdir. Bundan farqli ravişda befarqlik muayyan holatlarga nisbatan alohida munosabat bölmay, kişining doimiy psixologik öziga xosligidir. Rus yozuvçisi Anton Pavloviç Çexov beparvolik söziga nihoyatda esda qolarli ta'rif bergan: “Beparvolik – qalb falaji, uning erta ölimidir”. Şu ma'noda, adib befarqlikni kişining ma'naviy ölimiga qiyoslagan. Şuningdek, bu qaraşni dunyo dinlarining aksariyatida uçratiş mumkin. Masalan, nasroniylarning “Injil” kitobida “loqayd kişi” örnida “ölik” sözi qöllangan. Faylasuflar ana şu qalbi ölik,  atrofida yuz berayotgan voqelarga loqayd qişilardan ehtiyot bölişga çaqirişgan.  Zotan, Şarqda bir hikmat bor: “Duşmanlaringdan qörqma – nari borsa ular seni  öldirişlari mumkin. Döstlaringdan qörqma – nari borsa ular senga sotqinlik qilişlari mumkin. Befarqlardan qörq – ular öldirmaydi ham, sotmaydi ham, biroq ularning sukut va roziligi bilan dunyoda sotqinlik va qotillik yuz beradi”.