Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Soyuz MS" koinot kemasi Yer orbitasiga muvaffaqiyatli chiqarildi
7 iyulda Toshkent vaqti bilan soat 6:36 da Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirilgan "Soyuz-FG" raketa-tashuvchisi "Soyuz MS" boshqariluvchi koinot kemasini Yer atrofi orbitasiga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Kema Xalqaro koinot stansiyasiga 3 fazogirni yetkazishi kerak.
Raketa va kemaning barcha tizimlari ishchi tartibda ishladi, parvoz muammolarsiz o‘tdi. "Soyuz"ning XKS bilan tutashuvi 9 iyulda Toshkent vaqti bilan soat 8:45 da amalga oshiriladi.
Kema ekipaji tarkibiga uch fazogir – rossiyalik fazogir va kema sardori Anatoliy Ivanishin, yaponiyalik Takuya Onisi va NASA fazogiri Ketlin Rubins kirdi.
"Soyuz MS" kemasi "Soyuz TMA-M" kemasining yangi modernizatsiyalangan versiyasi bo‘lib, kemada GLONASS tizimi datchiklari o‘rnatilgan. Ular Parvozlarni boshqarish markaziga kema yerga qo‘ngandan keyin uning koordinatalarini uzatadi. Bundan tashqari, kema quyosh batareyalarining yuqori energiya berish tizimi, koinot stansiyasiga yaqinlashish va u bilan tutashishning yuqori ishonchli tizimi, yangi aloqa va pelengatsiya tizimi, raqamli televizion radioliniya, quvvatliroq va yengilroq kompyuter tizimi hamda meteoritlarga qarshi qo‘shimcha himoya bilan jihozlangan.
Mavzuga oid
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
08:48 / 20.06.2026
Dunyo kosmodromlari xaritasi: kim eng ko‘p raketa uchirmoqda?
08:55 / 23.05.2026
Dunyodagi eng yirik raketa yana fazoga parvoz qildi
21:32 / 20.05.2026