"O'zimizniki" sutining işlab çiqaruvçilari iste'molçilar savollariga javob qaytardi
|21:25 / 08.07.201684 03610 min
Iste'molçilar talab va takliflarni inobatga olib “O’zimizniki” suti işlab çiqarilişi hamda tayyorlanişi jarayonlari bilan yaqindan taniştiriş maqsadida korxona menejyeri iste'molçilar bilan birga korxona böylab sayohat uyuştirdi.
Nasrullo Inoyatov (iste'molçi): - Korxonaga taşrif buyurişdan avval tasavvurlarimiz boşqaça edi, bu yerdagi zotdor sigirlarning parvarişlanişini, ularning ozuqa ratsionini körib, işlab çiqariş jarayonlar bilan yaqindan tanişib, işçi xodimlarga yaratilgan şaroitlarni körib hamda işlab çiqariş jarayonlar bilan töliq tanişib çiqib bir neçta savol bilan yuzlanmoqçiman.
Nasrullo Inoyatov (iste'molçi): Nima uçun mahsulot brendingizni “O’zimizniki” deb nomlagansiz?
Baxtiyor Anvarov (menejyer): Birinçidan, işlab çiqarayotgan mahsulotimiz şunday nomlanişiga asosiy sabab, özimizning ekin yer maydonimizda asosiy xom aşyolarni özimiz yetiştiramiz. Ikkinçidan, özimizda yetiştirilgan qişloq xöjalik mahsulotlarini yuqorida özingiz guvoh bölgan çorva kompleksimizda, zotdor sigirlarimizni oziqlantirib xom tabiiy sut yetiştiramiz, Uçinçidan, çorva kompleksimizda joylaşgan mahalliy zamonaviy sut işlab çiqariş texnologiyalarida malakali mutaxassislarimiz iştirokida milliy qadoqlangan mahsulot işlab çiqaramiz. Fikrimizça, yuqoridagi misollar mahsulotni “O’zimizniki” deb nomlaşga asos böla oladi.
Qobiljon Tursunov (iste'molçi): Çorva komleksingizda qança zotdor sigirlaringiz bor va uşbu sigirlarni oziqlantiriş uçun qança yer maydoniga egasiz, şuningdek işlab çiqariş korxonangiz va bino inşootlaringiz maydoni qança?
Baxtiyor Anvarov (menejyer): Bugungi kunga kelib zotdor soğin sigirlarimiz soni 1000taga yetdi, buzoqçalar soni 600dan ortiq. Ekin yer maydoniga keladigan bölsak, sigirlarimizni oziqlantiriş uçun 150 gektar suğoriladigan yer maydonlarimiz bor, şuningdek işlab çiqariş korxonamizning umumiy maydoni 6 gektar, şundan bino inşootlarimiz 10488 kv. metrni taşkil qiladi.
Mavzuga oid
Qobiljon Tursunov (iste'molçi): Işlab çiqariş jarayonlarini va mahsulotning sifatini qanday nazorat qilasiz?
Baxtiyor Anvarov (menejyer): Yetiştirilgan qişloq xöjaligi mahsulotlari, jumladan, xom sut va qadoqlangan “O’zimizniki” sut mahsulotlarini belgilangan davlat stantdardlariga muvofiqligi jarayonlarini öz kasbining ustalari, malakali va yetuk mutaxassislarimiz tomonidan nazoratga olingan bölib, ular har bir mahsulotning sifati va işlab çiqariş jarayonlariga javob beradi.
Şakirzanova Kamila (iste'molçi): Sutni qadoqlaş jarayonlarida yana qandaydir vositalar (kimyoviy va boşqa tabiiy) vositalar qöşiladimi?
Baxtiyor Anvarov (menejyer): Işlab çiqarayotgan “O’zimizniki” sut mahsulotimiz 100 foiz tabiiy hisoblanadi. Sutni soğişdan to qadoqlaşgaça bölgan jarayonlarda heç qanday kimyoviy va boşqa vositalardan foydalanmaymiz!
Islombek Qutfitdinov (iste'molçi): Yuqorida biz guvoh bölgan asosiy vositalaringizni qiymati qança?
Baxtiyor Anvarov (menejyer): Asosiy vositalarimizning umumiy qiymati bugungi kunga kelib bozor qiymatida 20 mlrd sömni taşkil qiladi.
Baxtiyor Anvarov (menejyer): Yuqorida özingiz közingiz bilan körib qaysiki ma'noda barça jarayonlarimizni iştirokçisiga aylanganingizdek, “O’zimizniki” sutini işlab çiqarişdagi barça mahsulotlar özimizniki, sigirlarimiz iste'mol qiladigan ozuqadan tortib, zamonaviy texnalogiyalargaça. Bugungi kungaça biz kabi sutlarni bir yerda mujassam bölib işlab çiqarayotgan korxonalarning borligini bilmayman. Şu jihat bilan raqobatçilarimizdan ustunroqmiz deb öylayman.
Tolibjon Usmanov (iste'molçi): Ançadan buyon uyda çorvaçilik bilan şuğullanaman. Hammamizga ma'lumki, sigir piyoz yeb qöysa sut ta'miga ta'sir qiladi, bu holat sizlarda ham kuzatilganmi?
Baxtiyor Anvarov (menejyer): (kulib) Yang yaxşi savollardan biri böldi deb öylayman. Yuqorida aytib ötganimizdek, bizda barça jarayonlar “zanjiri” malakali va yetuk xodimlar tomonidan töliq nazoratga olingan. Şuning uçun bunday holat heç qaçon kuzatilmagan. Bundan taşqari, zotdor sigirlar parvarişi bilan şuğullanayotgan mutaxassislar ozuqani nazoratdan ötkazgandan söng iste'mol uçun beradi. (Çorva kompleksimizga piyoz mahsuloti kiritilmaydi).
Kamalov Akbar (iste'molçi): Yuqorida ta'kidlab ötdingiz, barça jarayonlar, jumladan sigirlar ozuqasini işlab çiqarişdan to eng zamonaviy texnologiyalarda qadoqlaniş jarayoni bir joyda amalga oşiriladi. Şundan kelib çiqib, qadoqlangan sut işlab çiqariş uçun boşqa fermer xöjalikari va aholidan sut sotib olib işlab çiqarişni yölga qöysangiz, mahsulotingizning sifati özgarmaydimi?
Baxtiyor Anvarov (menejyer): Sutning mazasi va sifati zotdor sigirlarning iste'mol qilgan ozuqasiga boğliq böladi. Agar biz boşqa fermer xöjaliklari va aholidan sut sotib olsak, ularning sigiri tavsiya etilmagan ozuqalarni iste'mol qilgan bölsa, bu holatda hozirgi kabi mazali va sifatli qadoqlangan sut işlab çiqarib bölmaydi. Şuning uçun, bizning fermer xöjalik qişloq xöjaligi ozuqalari yetiştirib, zotdor sigirlarga berib va sigirlardan sutni soğib olib keyin qadoqlangan sut işlab çiqarib öz çorva kompleks loyihamizni barpo etganmiz.
Irgaşev Alişer (iste'molçi): Kelajakda korxonangiz tomonidan “O’zimizniki” sutlaridan taşqari boşqa turdagi sut mahsulotlarini ham işlab çiqariş rejalaştirilganmi?
Baxtiyor Anvarov (menejyer): Kelajakda korxonamizda sariyoğ, sutli kokteyl, sutli şokolad va şu kabi mahsulotlarni işlab çiqarişni rejalaştirganmiz.
Tadayeva Ilyana (iste'molçi): Nima uçun sizlar işlab çiqarayongan “O’zimizniki” sutlari mazali va şirin?
Baxtiyor Anvarov (menejyer): Sutni mazali va şirin bölişi uçun sigirlar iste'mol qilayotgan kunlik ozuqasi ham mazali bölişi kerak. Biz sigirlarimizgga tabiiy va töyimli ozuqalarni beramiz. Şuning uçun doimo “O’zimizniki” sutlari mazali va şirin.
Nasrullo Inoyatov (iste'molçi): Fermer xöjaligingiz va işlab çiqariş korxonangiz taşkil etilişining huquqiy asoslari haqida gapirib bersangiz?
Baxtiyor Anvarov (menejyer): Fermer xöjaligimiz Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 apreldagi “Şaxsiy yordamçi, dehqon va fermer xöjaliklarida çorva mollar köpaytirişni rağbatlantirişni kuçaytiriş hamda çorvaçilik mahsulotlari işlab çiqarişni kengaytiriş borasidagi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” gi PQ-842-son qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida taşkil etilgan.
Biserov Arslan (iste'molçi): Mana mahsulotingiz kundan-kunga öz xaridorlarini topib, ommalaşib bormoqda! Mahsulotni yanada ommalaştiriş maqsadida qandaydir aksiyalar böladi? Bugungidek iste'molçilar bilan uçraşuvlar rejalaştirilganmi?
Baxtiyor Anvarov (menejyer): Savol uçun rahmat. Hozirgi kunda korxonamiz marketologlari tomonidan turli xildagi aksiyalar loyihalari ustida işlanmoqda. Tez kunda biz öz iste'molçilarimizga katta tuhfalarni taqdim etişni rejalaştirganmiz. Iste'molçilar uçun esa har doim eşigimiz oçiq. Faoliyatimiz bilan yaqindan tanişişni istaganlar uçun har oyda şunday işlab çiqariş bilan tanişuv va sayohat taşkil etganmiz.
Baxtiyor Anvarov (menejyer): Hurmatli korxonamiz mehmonlari. Avvalo sizlarni korxonamizda xuş kördik. Ruxsatingiz bilan kelgusidagi iş faoliyatimizni yanada yaxşilaş, işçi xodimlarimiz örtasida soğlom raqobat muhitini yaxşilaş, işlab çiqarayotgan mahsulotimiz sifatini yanada yaxşilaş hamda mamlakatimiz va jahon bozorida öz munosib örnimizni topiş maqsadida sizlardan bugungi işlab çiqariş jarayoni bilan tanişiş va korxonamiz böylab uyuştirilgan sayohatingiz haqida fikr mulohazalaringizni söraymiz.
Tolib Usmanov (iste'molçi): Bugungi işlab çiqariş jarayonidan şaxsan mamnunligimni ta'kidlamoqçiman. Avvalo oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş uçun eng kerakli bölgan barça gigiyenik talablarga töliq amal qilinişi, işlab çiqarişdagi kadrlarni yoşligi va eng asosiysi barçasi öz işiga sidqidildan va vijdonan yondaşuvi, xodimlar uçun yaratilgan şaroitlar, ularning dam olişi va öz ustida işlaşi uçun alohida zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta'minlangan xonalar mavjudligi, işçi xodimlar örtasidalgi munosabatni körib, havasim keldi. Qaniydi imkon bölganida inson omili birinçi öringa qöyilgan mana şunday korxonada işlasam edi.
Islombek Qutfitdinov (iste'molçi): Yuqoridagi gaplarga qöşilgan holda bir narsani ta'kidlamoqçiman, işlab çiqariş korxonasi va fermer xöjaligi faoliyati bilan tanişib, şu narsaga amin böldimki bejizga işlab çiqarilayotgan sutlarni “O’zimizniki” deb nomlanmaydi. Barça jarayonlar, qişloq xöjaligi mahsulotlarini ekişdan boşlab savdo rastalariga mahsulotni yetkizilgunça bölgan jarayonlar töliq nazoratga olingani, sut işlab çiqarişdagi barça jarayonlar zamonaviy avtomatlaştirilgan texnologiyalar bilan jihozlangani hamda eng asosiysi, yuqoridagi barça jarayonlar bitta joyda joylaşgan yirik komleksda amalga oşirilişi meni quvontirdi. Avvallari bunday yirik kompleksni körmagandim.
Qobiljon Tursunov (iste'molçi): Iste'molçilarning gaplarini töldirgan holda şuni aytib ötmoqçimanki, korxonadagi zotdor sigirlarga berilayotgan e'tiborni körib lol qoldim, yangi tuğilgan buzoqçalarni to soğin sigir bölguniça har biriga alohida ratsion asosida ozqa bilan ta'minlanişi, sigirlarning soğin xonalari eng zamonaviy kompyuter texnologiyalar bilan jihozlangani, qolaversa, har bir buzoqça, sigir va buqalar maxsus elektron çiplar bilan ta'minlangani, barçasining pasporti yuritilişi, ularning soğliği, vazni, agar kassallangan bölsa, u haqdagi ma'lumotlar markazlaşgan kompyuter tizimida körinişi menda özgaça taassurot qoldirdi. Işonç bilan ayta olamanki, “O’zimizniki” sutlari albatta eng sifatli va şirindir.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi