Amerika Qöşma Ştatlari Şimoliy Koreyaning ballistik raketa sinovini keskin qoraladi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
AQŞ davlat departamenti Pxenyanning raketa parvozini tanqid qilib, u BMT XK rezolyutsiyalariga zid ekanini ta'kidlagan.
«Biz Şimoliy Koreyani mintaqadagi şundoğam qaltis bölib turgan tanglikni keskinlaştiruvçi hatti-harakatlardan özini tiyib turişga çaqiramiz. Pxenyan buning örniga zimmasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarsa, yaxşi bölardi», — deyiladi Amerika Davlat departamenti bayonotida.
Avvalroq, Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe ham KXDRning navbatdagi raketa sinoviga munosabatini bildirib, raketa parvozi XK rezolyutsiyalarini keskin buzişini ta'kidlagan va xalqaro hamjamiyatni mazkur sinovlarni qoralaşga çaqirgan edi.
9 iyul kuni KXDR suvosti kemasidan Yapon dengizi tomon ballistik raketa uçirgani töğrisida xabar qilingan edi.











