Eron TIV vakili Bahrom Qasamiyning bayonotiga köra, rasmiy Tehron, mamlakat mudofaa doktrinasining asosiy bandlaridan biri bölgan raketa dasturini davom ettiradi.
Eron qurolli kuçlari şu yilning 8-9 mart kunlari özining ballistik raketalari dasturi doirasida sinov parvozlarini amalga oşirgan edi. Germaniya kansleri Angela Merkel esa, 7 iyul kuni Eronning mazkur sinovlari BMT rezolyutsiyalariga nomuvofiq bölganini ta'kidlagan edi. Merkelning fikriça, Tehron yadro kallaklarini nişonga yetkaza oladigan raketalarni mustaqil ravişda işlab çiqişi mumkin emas.
"Eron yana bir bora, öz mudofaa doktrinasi va milliy xavfsizligi nuqtai-nazaridan kelib çiqib, raketa dasturini davom ettirişini ma'lum qiladi. Bunday bayonotlar, mamlakatning raketa dasturini rivojlantiriş böyiça huquqini poymol eta olmaydi", — deyiladi Eron TIV bayonotida.











