AQŞ prezidenti Dallasda qurbonlar politsiya xodimlari bölgan qirğin sabab Yevropa safarini bir kun oldin tamomlaydigan böldi. U keyingi hafta Dallasga taşrif buyuradi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Joşua Ernest jurnalistlarga xabar bergan.
"Prezident (Obama) Dallas meri Maykl Roulingsning taklifini qabul qildi va keyingi hafta Dallasga taşrif buyuradi", - deyiladi xabarda.
Avval ma'lum qilinganidek, Obama Varşavada ötgan NATO sammitida qatnaşdi. Şundan söng u Madridga taşrif buyurib, Ispaniya qiroli Filipp VI va hukumatning boşqa a'zolari bilan uçraşişni rejalaştirgan edi. "Prezident Vaşingtonga 10 iyul tunda qaytadi", - deyiladi Oq uy ma'lumotida.











