«Bavariya» jamoasi boş murabbiyi Karlo Ançelotti myunxenliklar klubi boş murabbiyi sifatida taniştirilganidan keyin ötkazilgan matbuot anjumani vaqtida Germaniya çempionati haqida nimalarni öylayotganini aytib ötdi.

«Men bu yerdaligimdan xursandman. Buning uçun «Bavariya» rahbariyatiga minnatdorçiligimni bildirmoqçiman. Döstim Gvardiola bu jamoada keyingi bir neça mavsum davomida juda yaxşi iş olib borgan. Ajoyib jamoa şakllantirilgan. «Bavariya» – dunyodagi eng katta jamoalardan biri. Men bu klubni yaxşi bilaman, biz hujumkor öyin namoyiş etamiz. Lekin men bu yerga inqilob qiliş uçun kelmadim. Gvardiola qöllagan öyin uslubini rivojlantirişda davom etamiz.

Men «Bavariya»da Jovanni Trapattonidan keyingi ikkinçi italiyalikman. Bu jamoada öz izimni qoldirmoqçiman. Men 4-4-2 yoki 4-3-3 sxemasi böyiça öynaşim mumkin.

Bosimga örganib qoldim, hozir esa uni his qilmayapman. Germaniya çempionati — yuqori raqobat mavjud bölgan qiziqarli çempionat. Menga Bundesligadagi stadionlar yoqadi.

Klub bilan Hummels va Sançeşning transferi jarayonida birga işladik. Klub men söragan transferlarni amalga oşirdi», – degan Ançelotti.

Matbuot anjumani vaqtida Ançelotti sözini nemis tilida boşlagan, keyin savollarga ingliz va italyan tillarida javob qaytargan.

Manba: Tribuna.uz