Buyuk Britaniya Amerikaning Apache AH-64E rusumli harbiy vertolyotlaridan 50 dona xarid qilişi uçun 2,3 milliard funt sterling mablağ sarflaydi, deb xabar qilgan Birlaşgan qirollik mudofaa vaziri Maykl Fellon.
Bundan avvalroq, Britaniya boş vaziri Devid Kemeron Boeing korporatsiyasidan 9ta kemalarga qarşi patrul samolyotini xarid qilinişi va ular uçun Şotlandiyada baza taşkil etilişini e'lon qilgandi.
Mazkur xarid şartnomasi Farnboro xalqaro aviatsiya körgazmasi doirasida imzolangan. Britaniya mudofaa vazirining sözlariga köra, Britaniya armiyasi ajoyib vertolyotlarga ega böladi hamda mamlakatdagi soliq tölovçilarning pullari havoga sovurilmaydi. Bu kabi bitimlar, Britaniya qurolli kuçlari harbiy qudratini oşiriş dasturi ijrosi sifatida amalga oşirilmoqda.
Uning fikriça, uzoq istiqbolda Britaniyada uşbu vertolyotlarni ta'mirlaş va texnik xizmat körsatiş markazlari oçilişiga umid qilsa böladi.
Britaniya uçun birinçi yangi Apaçelar 2020 yil boşida yiğila boşlanadi 2022 yildan jangovar navbatga turadi.
Teglar: Farnboro aviakörgazmasi, Apache AH-64E, Boeing, Britaniya, AQŞ











