Eron Islom Respublikasi ayni vaqtda 2012 yili öziga nisbatan sanksiyalar joriy qilingunça egallab turgan neft bozorining 80 foizini qaytarib olişning uddasidan çiqqan. Eron milliy neft kompaniyasi  - NIOCning xalqaro aloqalar bölimi direktori Muhsin Gamsariy Blumbergga bergan intervyusida şu haqda ma'lum qilgan. 

Şu yilning yanvar oyida Eron öziga nisbatan joriy qilingan xalqaro sanksiyalarning aksariyatidan xalos bölgandi. 

Gamsariyning sözlariga köra, Eron sanksiyalar tufayli boy berilgan neft bozoridagi uluşini qaytarib oliş maqsadida neft eksportini yanada kuçaytiradi. Biroq, jahon neft bozori bu yili barqarorligiça qolmoqda. 

Hozirgi vaqtda, Eron kuniga 3,8 million barrel neft qazib olib, 2 mlnga yaqinini eksport qiladi. Gamsariyning özlariga köra, yaqin istiqbolda bu raqam 4 mln barrelga çiqişi mumkin. Buning uçun bozordagi vaziyat bunga javob berişi kerak.