Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda "Nepartak" to‘foni tufayli 6 kishi halok bo‘ldi, 8 kishi bedarak yo‘qoldi
Xitoyning sharqidagi Futszyan va Tszyansi viloyatlarida "Nepartak" to‘foni tufayli 6 kishi halok bo‘ldi, 8 kishi bedarak yo‘qoldi. Xitoy hukumati shunday oxirgi ma'lumotlarni keltirmoqda. Ayni vaqtda 203 ming kishi evakuatsiya qilingan. 1,9 ming uy to‘liq yoki qisman vayron bo‘lgan. 1,6 ming gektar maydondagi ekin butkul yo‘q bo‘lgan.
Xitoy fuqarolik ma'muriyati vazirligining ma'lum qilishicha, to‘fon oqibatida 449 ming kishi jabrlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, iqtisodiy ziyon 860 mln yuanga (128,7 mln dollar) baholanmoqda.
To‘fon 8 iyul ertalab Tayvan orolining sharqiy qismiga 190-234 km/soat tezlik bilan yopirilgan. To‘fon Xitoyga 9 iyulda yetib keldi va ayni vaqtda tropik bo‘ronga aylangan.
Mavzuga oid
12:04
Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi
10:31 / 22.05.2026
Xitoy O‘zbekistondan 10 turdagi quritilgan sabzavotlarni olib kirishga ruxsat berdi
21:56 / 20.05.2026
Putin Xitoyga tashrifini yakunladi: asosiy ma’lumotlar
21:35 / 20.05.2026