11 iyul kuni Tokio birjasida Nintendo kompaniyasining aksiyalari mobil qurilmalar uçun möljallangan Pokemon Go öyinining keskin ommalaşuvi sabab 25 foizga oşdi. Bu haqida Reuters ma'lum qildi.
Qimmatbaho qoğozlar Nintendo kompaniyasining 33 yillik tarixida ilk marta bunday rekord natijani qayd etdi. Aktsiyalar narxi 8 iyul kuni ösa boşlagan va 11 iyulga kelib, 25 foizdan ziyod qimmatlaşgan.
Şu tariqa öyin işlab çiqaruvçining bozordagi bahosi bir neça kunda 7,5 milliard dollarga oşib, umumiy 23 milliard dollarni taşkil qildi.











