ASUS kompaniyasi çipmeykerlar qatorida eng qudratli hisoblangan Qualcomm Snapdragon 821 protsessorli smartfonini namoyiş qilgan birinçi işlab çiqaruvçi böldi.
Qualcomm çipi tufayli telefonlar reytingida yetakçilik qilişga da'vogar qurilma bu yaqindagina taqdim etilgan ZenFone 3 Deluxe flagman smartfonidir. Gadjyetning eng yangi protsessordan taşqari 6 Gb operativ xotirasi, 256 Gb'li UFS-diski, 5,7 dyuymli displeyi, 23 megapikselli orqa va 8 megapikselli old kamerasi böladi.
Bundan taşqari smartfon barmoq izlari skaneri, USB-C progressiv porti, 2ta SIM-karta uçun ajratilgan slot, 3000 mAç'li batareya bilan ta'minlangan, u ASUS ZenUI belgisi biriktirilgan Android 6.0'da işlaydi. Bunday qurilma 24 990 tayvan dollariga (779 AQŞ dollari) baholanmoqda.
















