Zigmund Freydning fikriça, insonlarda özining haqligini uruş yöli bilan isbotlaş – tuğma instinktdir.
Olim dunyoda mutlaq tinçlikning örnatilişini xom xayol deb hisoblagan. Yana bir tadqiqotçi Edmund Lorents tinçlik – keyingi uruş oldidan nafas rostlaş deb ta'kidlagan. Balki inson, çindan, uruşlarda yaşaş, uruşlarda nobud bölişga mahkumdir?.. Jumboq haqida boş qotirgan sari, yeçim uzoqlaşib borayotganday tuyuladi. Balki, şuning uçundir, Haqiqat köpinça xayol va hayot orasida qolib ketadi. Unutişga urinayotganingiz – savol esa xayolot köçalarida Sizni izma-iz ta'qib qilib kelaveradi.
“Özbek tilining izohli luğati”da, “uruş”ga quyidagiça ta'rif beriladi: “Uruş – qabilalar, davlatlar yoki ijtimoiy guruhlar örtasidagi uyuşgan qurolli kuraş”.
Biroq uruş faqatgina yuqoridagilar örtasida böladimi? Agar uning davlatlar miqyosida olib borilişini qöya tursak, “uruş”ning tub mohiyatida nima qoladi? “Uruş” sözining negizi – “ur”. “Özbek tilining izohli luğati”ga asosan, “ur”, ya'ni “urmoq” – qöl yoki biror boşqa vosita bilan zarb bermoq, döpposlamoq, kaltaklamoq”, deya qayd etilgan. Agar ikki yoki undan ortiq kişi bir-birini kaltaklasa, bir-birini “urişdi” deymiz. Demak, urişmoq – bu köplaşib döpposlaşmoqdir. “Urişmoq”dan ot yasasak, “uriş”, talaffuzga moslaştirsak “uruş” hosil böladi. Demak, bu jarayon davlatlar örtasida keçişi şart emas, tomonlar bir-biriga aziyat keltirsa bas – uruş. Zotan, bu sözning özini aytişdan çöçisak ham, özimiz bilmagan holda uning ma'nodoşlarini kundalik hayotimizda tez-tez qöllaymiz. Ikki kişi sen-menga borib qolsa, mojaro vujudga keldi, deymiz. Gazak olib ketsa, janjalga aylangan böladi. Sabablar haqida gapirganda, qaraşlar, qiziqişlar, manfaatlar töqnaşuvini tilga olamiz. Bir-birini tuşunişmaganiga yöyib tuşunmovçilik, kelişuvga erişilmasa kelişmovçilik deymiz. Diplomatik tilda esa bularning barçasi bir söz bilan ziddiyat böladi. Hammasining zamiridagi ma'no – raqibga zarba beriş, xoh jismoniy bölsin, xoh ruhiy bölsin – mavh etiş yotadi.
Ha, odamzotning yaqin va uzoq ötmişdagi jamiki yöqotişlari milliardlarga teng bölsa-da, qurollaniş poygasiyu uning pirovard natijasi bölgan uruşlarga hanuz barham berilgani yöq. Vaholanki, qirğinbarot muhorabalari bilan tarixga kirgan Ikkinçi jahon uruşida yaqinlaridan judo bölib, hamon öşa yillar alami bilan yaşab kelayotgan odamlar oramizda köp. Nahotki öşa jabrdiydalar qarşisidagi qarzdorlik hisi insoniyatni tinçlik uçun kuraşişga undamasa? Axir, Birlaşgan millatlar taşkilotini tuzişdan maqsad tinçlikka erişiş emasmidi? Bugun dunyoda 100ga yaqin xalqaro taşkilotlar borki, boş vazifasi tinçlik va barqarorlik uçun kuraşişdir. XX asrning ikkinçi yarmidan to bugunga qadar bölgan davrni hisobga oladigan bölsak, 50dan ortiq xalqaro şartnoma uruşlarning oldini oliş uçun tuzilgan. Xöş, nima uçun öşa tinçlik sulhlarini imzolagan davlatlarning özlari kelişuvga amal qilmaydi? Nima uçun zör berib qurol-aslahani işlab çiqaradi? Ma'lumotlarga qaraganda, sönggi yillarda dunyo mamlakatlarining qurollanişga sarflagan mablağlari 1 trillion dollarga yetdi! Şunday ekan, tinçlikni ta'minlaşi nazarda tutilgan öşa xalqaro taşkilotlar nima uçun tuzildi? Nima uçun ular öz vazifalarini bajarmaydi? Nima uçun jamiki qurollarni yöq qiliş talabini davlatlar hukumatlari oldiga qöyişmaydi? Juda bölmaganda, qirğin qurollarining yangilari yaratiş töxtatilmaydi?











