Qozoğiston savdo floti safi 2020 yilgaça 20ta yangi kema bilan kengayadi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi "Qozoğiston temir yöli" milliy kompaniyasi prezidenti Askar Mamin ma'lumotiga tayangan holda. 

"Qozoğiston savdo floti uçun 2020 yilgaça 20ta kema quriladi", -degan Mamin  bir palubali, quruq yuk taşişga möljallangan RSD 49 rusumli, daryo-dengiz aralaş turidagi kemani suvga tuşiriş tantanali marosimida qilgan çiqişida. 

KTZ Express Shipping kompaniyasining yirik miqdordagi buyurtmasini Neva kemasozlik va ta'mirlaş zavodi amalga oşirmoqda. 

Maminning sözlariga köra, yangi avlod savdo flotini barpo etiş "Qozoğistonni Osiyo tranzit markaziga aylantiriş dasturi doirasida amalga oşirilmoqda".

"Ipak yöli" turidagi kemalar konteynerlar, quriliş va boşqa yuklarni Kaspiy dengizidagi Oqtou portidan Örta yer, Qora, Şimoliy va Boltiq dengizlarga yetkaza oladi. 

Uşbu loyihadagi yana ikkita kema yil oxirigaça buyurtmaçiga topşiriladi.