Amerikaning USA Network kabel telekanali Dallasdagi qonli voqealardan söng, «Mergan» serialining namoyişini noma'lum muddatga qoldirdi, deb xabar qilmoqda Associated Press. Texas ştati Dallas şahrida qoratanli fuqaro 5 nafar huquq posbonini otib öldirgan edi. 

Dastlab, serial 19 iyulda ekranlarga çiqişi belgilangan edi. Biroq, Dallas voqealaridan söng, telekanal rahbariyati serial taqdimotini 26 iyulga köçirişga qaror qildi. 

Qayd etilişiça, serial voqealari 2007 yili katta ekranlarga çiqqan, rejissyor Antuan Fukuaning "Mergan" nomli filmi voqealariga asoslangan. Unda boş rolni Mark Uolberg ijro etgan edi.