Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya prezidenti sartaroshining maoshi omma e'tiborini tortdi
Fransiya davlat rahbari Fransua Ollandning sartaroshi oyiga qancha maosh olishini taxmin qila olasizmi? U davlat rahbarining oylik maoshidan salkam 5 ming yevro kam ish haqi oladi. Le Point nashrining yozishicha, Fransiyaning bosh sartaroshiga oyiga 9895 yevro maosh beriladi.
Qayd etilishicha, 46 yoshli sartarosh Olive B. bilan mehnat shartnomasi 2012-yil mayida besh yil muddatga imzolangan. Unga ko‘ra, sartarosh har doim prezident xizmatiga shay bo‘lishi hamda xorijiy safarlarda unga hamrohlik qilishi kerak.
Nashrning qayd etishicha, ushbu maosh Fransiya vazirlariga beriladigan oylik maosh - 9940,2 yevro bilan deyarli bir xil. Ta'kidlash kerak, Ollandning o‘zi 2016 yilda maoshini 30 foizga qisqartirib, 14 999,78 yevrogacha tushirgan edi.
Mavzuga oid
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
20:14 / 31.05.2026
Fransiyada ozdiruvchi dori sotib olganlarning xarajatlari qoplab beriladi
08:59 / 28.05.2026