Irlandiya markaziy statistika boşqarmasi mamlakat YaIMni baholaş usulini qayta körib çiqqanidan söng, bu boradagi körsatkiç salkam 3 baravarga ösgan. Bunga, Irlandiyaga qator yirik xalqaro kompaniyalarning boş qarorgohlari köçib ötgani ham asos bölgan. Şunday qilib, 2015 yilgi 7,8 foizlik yalpi içki mahsulot qayta hisoblaşdan keyin 26,3 foizga özgargan. Bu ikki raqam, Yevropadagi eng yaxşi körsatkiç hisoblanadi. 

Mamlakat YaIMning ösişiga sanoat va quriliş sohalaridagi işlab çiqariş hajmi qiymatining tez sur'atlarda kötarilişi ta'sir qilgan. Statistika boşqarmasiga köra, bu raqam 46,525 mlrd yevrodan 87,144 mlrd yevroga yetgan.

Ta'kidlanişiça, 2015 yili boşqa sohalarda ham ösiş qayd etilib, 5,7 dan 10,4 foizgaçani taşkil etgan. Irlandiya eksporti 34,4 foizga, importi 21,7 foizgaça kötarilgan. 

Ammo, iqtisodçi Jim Pauerning The Irish Independent gazetasiga aytişiça, bu raqamlarning barçasi haqiqatga mos kelmaydi. Uning fikriça, hozirça ösiş sur'ati haqida gapirişdan avval, mavjud vaziyatni yaxşilab baholaş lozim. 

«Biz işsizlik darajasi, soliq tuşumi, iste'mol darajasi va iste'molçilarning işonçi kabi omillarni körib çiqişimiz kerak», — degan  Pauer.

Irlandiya moliya vaziri Maykl Nunenning esa mamlakat iqtisodiyoti ösişda davom etişiga işonçi komil. Uning sözlariga köra, YaIM ösişi tufayli mamlakat arzon kreditlar olişi uçun moliyaviy barqarorligini isbotlaşi talab etilmaydi. Xususan, mamlakatning qarzi avvalgidek YaIMning 88 foizi emas, 80 foizini taşkil etadi.