IŞID terrorçi guruhi Britaniyalik fotomuxbir Jon Kentli aks etgan navbatdagi videolavhani e'lon qildi. Kentli 2012 yildan beri jangarilar qölida hibsda saqlanadi, deb yozgan The Mirror naşri. 

Xabarlarga köra, yangi 3 daqiqali lavhada, ozib ketgan Kentli Iroqning Mosul şahri universiteti vayronalari oldida körinadi. U, ta'lim muassasasining Amerika yetakçiligidagi koalitsiya aviazarbalari oqibatida 3 oy muqaddam yöq qilingani haqida hikoya qiladi. Buning oqibatida, 103 kişi yaralangan, 15 kişi qurbon bölgan. 

Bundan taşqari, koalitsiya aviazarbalarini tanqid qilişga özida jur'at topgan Kentli IŞID qilmişlari xususida lom-mim demaydi. 

«Nega koalitsiya universitetni yöq qilişga qaror qilgan ekan? Bu yerda heç kim ayni savolga jöyali javob bera olmaydi», — deydi britaniyalik fotomuxbir.

Ma'lumki, Jon Kentli IŞIDning bir neça taşviqot videolavhalarida avval ham namoyon bölgandi. Xususan, ötgan yilning fevral oyida Suriyaning Halab şahridagi tarixiy yodgorliklarning vayron bölişida ğarb mamlakatlarini ayblagan edi.